Kurs haqida
Kursning maqsadi:
akademik litseyning Informatika va axborot texnologiyalari yo‘nalishida malaka oshirayotgan tinglovchilarga elektron darsliklar yaratish jarayoni haqida ma’lumot berishdan iborat bo‘lib, unda elektron darsliklar yaratish tartibi, talablari, tashkil etuvchilari va yaratishda qo‘llaniladigan dasturiy vositalar va ulardan foydalanish malakalari takomillashtiriladi.
Kursning vazifalari:
- Zamonaviy pedagogik vositalari haqida tushunchalarni, ularning har xil turlarigi yaratish texnologiyalari va ta’lim jarayonida qo‘llash usullari bilan ishlash malakasini shakllantirish;
- Elektron darsliklardan o‘quv jarayonida samarali foydalanish metodikasi mazmunini tanishtirish;
- Online ta’lim platformalari va ulardan foydalanish bo‘yicha tinglovchilarning kasbiy bilim, ko‘nikma, malakalarini uzluksiz yangilash va rivojlantirish;