Mavjud modullar ro'yxati
Harbiy ta’lim fanlari o’qituvchilarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish
Mamurov Ulugbek Ibragimovich
Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fani o’qituvchilarining kasbiy mahorati va kompitentligi
Mamurov Ulugbek Ibragimovich
Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlikning me’yoriy-huquqiy asoslari
Abduraxmanov Sherzod Nazarbayevich
Kurs haqida
Kursning maqsadi:
Pedagog xodimlarning o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarini yuqori ilmiy-metodik darajada ta’minlashlari uchun zarur bo‘ladigan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini muntazam yangilash, kasbiy kompetentligi va pedagogik mahoratining uzluksiz rivojlanishini ta’minlashdan iborat.
Kursning vazifalari:
- pedagog xodimlarning kasbiy bilim, ko‘nikma, malakalarini uzluksiz yangilash va rivojlantirish;
- pedagoglarning zamonaviy talablarga mos holda akademik litseylardagi o‘qitish sifati va samaradorligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kasbiy mahorat darajasini oshirish;
- o‘qitishning innovatsion texnologiyalari va ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish hamda ulardan o‘quv jarayonida samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish;
- o‘quv jarayonini ilm-fan va ishlab chiqarish bilan samarali integratsiyasini ta’minlashga qaratilgan faoliyatni tashkil etish.