Modul haqida
Modulning maqsadi:
Pedagog kadrlarnining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini muntazam yuksaltirish, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini mukammal o‘zlashtirish, uni hayotga keng targ‘ib-tashviqot qilish, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning moddama-modda ilmiy-amaliy sharhini xalqchil va sodda tilda tushuntirish, shuningdek, yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida yangi o‘quv dasturlari, darsliklar va boshqa qo‘llanmalarni tayyorlash bo‘yicha ilmiy-metodik chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish.
Kursning vazifalari:
- barcha ta’lim turlari va bosqichlaridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish bo‘yicha o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiya norma va qoidalariga moslashtirish;
- o‘quvchi va talabalarga, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, yangi tahrirdagi Konstitutsiyani o‘rgatish bo‘yicha zamonaviy metodika asosida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va maxsus adabiyotlarni yaratish;
- Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini o‘rganish;
- Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ma’no-mazmuni hamda mohiyatini o‘rganish;
- O‘zbekistonda adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish;
- O‘zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlatni barpo etish;
- akademik litseylar pedagog xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini muntazam yuksaltirishdan iborat.
Modul tarkibi
Mavzular: 4 ta
Hajmi: 8 soat
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ishlab chiqish konseptual asoslari.
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari.
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari.
O‘qituvchi
