Modul haqida
Modulning maqsadi:
pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchilarini innovatsion yondoshuvlar asosida oʼquv-tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etishda ilmiy tadqiqot usullari va natijalaridan samarali foydalanish, loyihalashtirish, sohadagi ilgʼor tajribalar asosida ilmiy izlanishlarni olib borish hamda ularning ijodiy faolligini rivojlantirish boʼyicha kasbiy bilim, koʼnikma va malakalarini takomillashtirishdan iborat.
Modulning vazifalari:
- Аkademik litseylar pedagog xodimlari malakasini oshirish jismoniy tarbiya yoʼnalishlarida pedagog kadrlarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish boʼyicha kasbiy bilim, koʼnikma, malakalarini takomillashtirish;
- intensiv ravishda platformalardagi professional statistika bazalari maʼlumotlaridan foydalanishni oʼrgatish;
- jismoniy tarbiya va sport fanlarini oʼqitishda taʼlim jarayoniga forsayt texnologiyalarini samarali qoʼllash;
- jismoniy tarbiya va sport sohasi boʼyicha oʼqitishning innovatsion texnologiyalari va ilgʼor xorijiy tajribalarini oʼzlashtirish;
- sport sohasini rivojlantirishning istiqbolli dasturlarini ishlab chiqish;
- ilmiy tadqiqot ishlarida jismoniy tarbiya va sportda matematik-statistik uslublardan foydalanish hamda tadqiqot natijalarini amaliyotda qoʼllash koʼnikmalarini shakllantirish.
Modul tarkibi
Mavzular: 4 ta
Hajmi: 8 soat
Jismoniy tarbiya va sportning ilmiy muammolari
Sportchining musobaqa faoliyatini nazorat qilish va tahlil etish
Sportchining musobaqa faoliyatini nazorat qilish va tahlil etish
Tadqiqot usullari va ularga qo‘yiladigan umumiy talablar
Ilmiy tadqiqot ishlarini rasmiylashtirish tartibi
Sportchining musobaqa faoliyatini nazorat qilish va tahlil etish