Modul haqida
Modulning maqsadi:
pedagog kadrlarning o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarini yuqori ilmiy-metodik darajada ta’minlashlari uchun zarur bo‘ladigan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini muntazam yangilash, kasbiy kompetentligi va pedagogik mahoratining uzluksiz rivojlanishini ta’minlashdan iborat.
Modulning vazifalari:
- Pedagog kadrlarning kasbiy bilim, ko‘nikma, malakalarini uzluksiz yangilash va rivojlantirish;
- Pedagoglarning zamonaviy talablarga mos holda akademik liseylardagi o‘qitish sifati va samaradorligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kasbiy mahorat darajasini oshirish;
- Akademik liseylarda ona tili va adabiyoti fanlarini o‘qitish mazmuni, vosita, metod va shakllarning uyg‘unligini ta’minlash;
Modul tarkibi
Mavzular: 3 ta
Hajmi: 6 soat
“Savodxonlik asoslari” kursining maqsad va mundarijasi
Yozuv va uning kelib chiqishi
Yozuvning jamiyat hayotida tutgan o‘rni. O‘zbekistonda qo‘llanilgan va qo‘llanilayotgan yozuvlar
Diktant haqida tushuncha
Diktant turlari, ta’limiy diktant, nazorat diktanti
Diktant xatolari ustida ishlash. Diktantni baholash
Punktuatsiya haqida umumiy ma’lumot
O‘zbek punktuatsiyasining kelib chiqishi
Punktuatsiyaning tilshunoslikning sohalari bilan aloqasi. O‘zbek punktuatsiyasining asos va tamoyillari