Modul haqida
Modulning maqsadi:
Pedagog kadrlarnining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini muntazam yuksaltirish, O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksidagi o‘zgarishlarni o‘zlashtirish, uni hayotga, mehnat faoliyatiga tadbiq qilish, shuningdek, pedagog kadrlarnining ijodiy faolligini rivojlantirishdan iborat.
Modulning vazifalari:
- Tinglovchilarga yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi asosida fuqarolarning mehnat qilishga bo‘lgan huquqi va ushbu huquqni ta’minlashning konstitutsiyaviy kafolatlari haqida chuqur nazariy bilimlar berish;
- Yangi mehnat qonunchiligi bo‘yicha mehnatga oid huquqiy munosabatlar va ularning mazmunini tashkil qiluvchi unsurlar haqida to‘liq ma’lumotlar berish;
- Mehnatga oid huquqiy munosabatlar sub’ektlari, ularning huquq va majburiyatlari haqida ma’lumotlar berish;
- Mehnat huquqiy kafolatlar va ularning amalga oshirishi, mehnatni muhofaza qilish, mehnat nizolari va ularni hal etishning huquqiy vositalari haqida etarli tasavvur hosil qilishdan iborat
Modul tarkibi
Mavzular: 3 ta
Hajmi: 6 soat
Yangi Mehnat Kodeksida individual mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solish tamoyillari.
Yangi mehnat qonunchiligida mehnat munosabatlari sub’ektlarining asosiy huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarining nazariy asoslari.
Yangi mehnat qonunchiligi asosida aholining ijtimoiy ehtiyojmand xodimlarning imtiyozlar.
O‘qituvchi
