Modul haqida
Модулнинг мақсади:
O‘qituvchilarda ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarining bilimini baholash metodlaridan samarali foydalanish uchun nostandart test topshiriqlarini maqsadga muvofiq tuzish va amalda qo‘llash uchun zarur bo‘lgan raqamli texnologiyalar bilan ishlash metodik bilim va ko‘nikmalarni tarkib toptirish; O‘qituvchilarni o‘z pedagogik faoliyatini o‘quvchilarining bilimini baholash metodlaridan biri mashg‘ulotlarni tahlil qilishga o‘rgatish, tahliliy - tanqidiy, ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish; O‘quvchilarni sifatli ta’lim olishlari uchun raqamli texnologiyalarning o‘rni va ulardan foydalanish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini oshrishdan iborat.
Модулнинг вазифалари:
- rahbar va pedagog xodimlarning ta’lim sifatini oshrish va baholashda raqamli texnologiyalardan foydalanish hamda kreativlik asoslari to‘g‘risidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni oshirish;
- ta’lim sifatini oshrish va baholashda raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayonlarning o‘ziga xosliklarini aniqlashtirish va tahlil etish;
- ta’lim sifatini oshrish va baholashda raqamli texnologiyalardan foydalanish faoliyat tuzilmasi va komponentlarini aniqlashtirish;
- pedagogik tashkil etish bosqichlari va texnologiyalarini o‘rgatish