Modul haqida
Modulning maqsadi:
o‘qituvchilarning “Ijtimoiy jamiyatda tarbiya” modulini o‘tish uchun zarur bo‘ladigan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini muntazam yangilash, kasbiy kompetentligi va pedagogik mahoratining uzluksiz rivojlanishini ta’minlashdan iborat.
Modulning vazifalari:
- o‘qituvchilarning “Ijtimoiy jamiyatda tarbiya” moduli bo‘yicha kasbiy bilim, ko‘nikma, malakalarini uzluksiz yangilash va rivojlantirish;
- o‘qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirishda bevosita muammolarni hal qilish, ya’ni ularning tarbiyaviy faoliyatga ilmiy-nazariy jihatdan yondashuvi bo‘yicha mahoratini oshirish;
- “Ijtimoiy jamiyatda tarbiya” modulini o‘qitishda zamonaviy va innovatsion pedagogik uslublarini hamda axborot kommunikatsion texnologiyalarni keng joriy etish ko‘nikmalarini shakllantirish;
- ta’lim-tarbiya jarayoniga fanlar bo‘yicha innovatsiyalar, shuningdek, ilg‘or uslublarni keng joriy etishga zarur shart - sharoit yaratish, shu bilan birga, kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini rivojlantirib borishga qaratilgan faoliyatni tashkil etish.
Modul tarkibi
Mavzular: 4 ta
Hajmi: 8 soat
Tarbiya –ijtimoiy-pedagogik hodisa va jarayon sifatida
Tarbiyada ijtimoiylashuv mexanizmlari
Tarbiyada ijtimoiy-pedagogik qonuniyatlar va obyektiv jarayonlar
Tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etishning ijtimoiy-pedagogik modeli